Magnezit

Magnezit (Bolqon yarim orolidagi Magneziya o`lkasi nomidan) — magniy, uglerod va kisloroddan tarkib topgan oq yoki kul rang mineral. O`tga chidamli g`isht, sement tayyorlashda, qog`oz, qand ishlab chiqarishda ishlatiladi. Uralda, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda, Xitoy, Avstriya va Kanadada konlari bor.