Passat

Passat — (gollandcha passaat) — tropik kengliklarda okeanlar ustida yil bo`yi barqaror esib turadigan havo oqimlari. Subtropik yuqori bosim mintaqasidan ekvator yoki past bosim mintaqalariga mintazam esib turadi. Passatlar — tropik kengliklarda yuqori bosim mintaqalaridan (25-30 daraja kengliklardan) ekvatorga tomon yil bo`yi esib turadigan doimiy shamollar. Passatlar sharqdan g`arbga tomon esadi. Lekin Yer sharining aylanishi ta’sirida shimoliy yarim sharda shimoli-sharqdan janubi-g`arbga, janubiy yarim sharda janubi-sharqdan shimoli-g`arbga buriladi.