Marza

Marza — reylef shakli. Tepasi qabariq shakldagi uzun cho`zilgan balandlik. Marzalar tektonik yo`l bilan hosil bo`lishi (antiklinal burma), daryo, dengiz to`lqini keltirgan qumlardan vujudga kelishi (qum tillari, barlar), morena jinslarining to`planishidan paydo bo`lishi (ozlar), kishilar tomonidan bunyod etilishi (yo`l ko`tarmalari) mumkin.