AMBISTOMASIMONLAR

AMBISTOMASIMONLAR (Ambysto-mafidae) — dumli amfibiyalar oilasi. 35 turi bor. Shimoliy Amerikada tarqalgan. Faqat 1 turi Tailand va dirma tog’larida uchraydi. Ambistomasimonlarning bo’yi 30 santimetrcha, salamandraga o’xshaydi. Suvga yaqin zax joylarda yashaydi, lekin tuxumini bahorda suvga qo’yadi. Ambistomasimonlar tuxumi urg’ochisining jinsiy yo’llarida urug’lanadi. Marmar Ambistomasimonlar esa tuxumini quruklikka qo’yadi, urg’ochisi tuxumini itbaliq chiqquncha kulcha bo’lib o’rab yotadi. Tuxumdan chiqqan itbaliqpar yomg’ir bilan suv havzasiga oqib boradi. Bir necha oydan keyin metamorfozga uchrab yosh Ambistomasimonlarga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Ambistomasimonlar umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan yo’lbars Ambistomasimonlar (Ambystoma tigranum) ning uzunligi 28 santimetrga yetadi. Yo’lbars Ambistomasimonlar lichinkasi metamorfoz layoqatini yo’qotgan, itbaliqlik davrida balog’atga yetadi va ko’paya oladi. Uning bu neotenik itbalig’i aksolotl (suv o’yinchog’i) deyiladi. Boshqa Ambistomasimonlar ham neoteniya xususiyatiga ega. Ambistomasimonlarning 5 turi va kenja turlari Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.