STIXIYA
STIXIYA (yun. stoicheion — dastlabki narsa, ibtido, element) — tabiatda ro’y beradigan, kishi qarshilik ko’rsata olmaydigan hodisa, kuchli tabiiy ofat (yong’in, toshqin, zilzila, to’fon va h.k.). Stixiya hech narsa bilan tutib turish mumkin bo’lmagan kuch hisoblanadi.