GURUHIY SIYOSIY ONG

GURUHIY SIYOSIY ONG — ommaviy siyosiy ongga nisbatan o’zining yaxlitligi, konkretligi va qarama-qarshiliklar darajasi pastligi bilan farqlanadi. U turli ijtimoiy guruhlarning o’z siyosiy manfaatlarini ximoya qilish, qoniqtirish uchun amalga oshiriladigan aloqa, munosabatlarda shakllanadi. Guruhiy siyosiy ongning tarkib topishi to‗rtta bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o’rni va roli bilan bog’liq turli manfaatlar yig’indisi belgilanadi. Ikkinchi bosqichda ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o’rni va roliga xos qadriyatlar tizimi shakllanadi. Uchinchi bosqichda guruh ichida shakllangan turli xil manfaatlar zaminida har bir guruh a‘zosiga mos keladigan umumiy manfaatlar qaror topadi. To’rtinchi bosqichda esa ana shu shaxsiy manfaatlar yig’indisi boshqa ijtimoiy guruh manfaatlar extiyoj va qadriyatlari bilan o’zaro aloqadorligi, bog’liqligi vujudga keladi. Shu tarzda guruh siyosiy maqsadvazifalari, intilishlari, qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan guruh mafkurasi, faoliyat va dastur taktikasi ishlab chiqiladi.