AMIR ABDULLOH
AMIR ABDULLOH (17-asr) – tarixchi olim. Amir Abdulloh ashtarxoniy shahzodalardan Iskandar sultonning topshirig’i bilan «Jomeat-tavorix»ningbirqismibo’lgan «Tarixi G’ozoniy» asarini fors tilidan turkiy tilga tarjima qilgan. Tarjima jarayonida asarni qisqartirib, buning hisobiga o’zbek xonlaridan Abulxayrxon, uning avlodlari tarixi va Muhammad Shayboniyxon hukmronligining ilk davri tarixini qo’shgan. Asar olimni rag’batlantirgan Sulton nomi bilan «Iskandarnoma» deb nomlangan. Kitobning bir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.