AMIR ALI AKBAR
AMIR ALI AKBAR Samarqandiy, Qutbul aqtob (16- asr) — o’zbek sozanda-bastakori. «Ilmi odob», «ilmi axloq» singari asarlar yozgan, juda ko’p savt va naqshlarni bastalagan. Murabbiy sifatida esa u Mahzumzodai Xorazmiy, Mavlono Darvish Bo’zgala, Mir Xokiy, Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ustod To’lak Noyi, Ustod Abdusattor qonuniy, Ustod Arabiy Navoiy, maxdumzoda kotib singari taniqli sozandalarni tarbiyalab yetishtirgan.