Musiqa bezaklari
Musiqa bezaklari — o’zbek an’anaviy musiqa ijrochiligida ohang ifodaviyligini boyitish maqsadida keng qo’llaniladigan musiqa vositalari. Kuyning asosiy pogona (tovush)larine turli usulda — tebratish (to’lqinlatish), qo’shimcha tovushlar bilan bezash ( girift, sayqal, Kashish, molish, nola, nolish va boshqalar) yo’li bilan hosil qilinadi.