O
O — o’zbek kirill alifbosining o’n oltinchi harfi. Til orqa, keng, Lablashmagan (shevalarda bir qadar lablashgan) unli fonemani ifodalaydi. Shuningdek, qipchoq shevalarida til orqa a unlisini, rus tilidan va rus tili orqali o’zlashgan baynalmilal so’zlarda o’ (urg’uli bo’g’inda), a yoki kuchsiz i (urg’usiz bo’g’inda) unlilarini ifodalab keladi. So’zning hamma o’rnida ishlatiladi, lekin oxirida o harfi bo’lgan so’zlar, asosan, o’zlashma so’zlar hisoblanadi: Barno, ma’no, fazo. Hozirgi o’zbek imlosida y harfidan keyin kelib, y+o tarzida yo harfini tashkil etsada, o’zining alohida holatdagi mazkur xususiyatlarini saqlab qoladi: yong’oq, ziyon, daryo. O harfi Avesto yozuvida, shuningdek, lotin alifbosiga asoslangan o’zbek yozuvida o’ziga xos belgi-ifodalarga ega.