Nitroloklar
Nitroloklar — nitrosellyuloza asosida olinadigan loklar. Tarkibida tabiiy va sun’iy smolalar, plastifikatorlar, erituvchilar va boshqalar bo’ladi. Metall va yog’och buyumlar, teri va boshqalarni bo’yashda, emal bo’yoqlar (nitroemallar) tayyorlashda qo’llanadi. Nitroloklarni ishlatishda yongin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.