Munshi
Munshi-O’rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi. Munshi lavozimiga odatda, ma’lumotli va chiroyli yozadigan kishilargina olingan. Munshilar olim va fozil kishilar bo’lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu munshilar qalamiga mansub. Munshi lavozimida bo’lgan kishilar munshi so’zini taxallus sifatida o’z nomlari ketiga qo’shib qo’yganlar.