AMMOFILLAR
AMMOFILLAR, qum arilari (Ammophilia) — kavlovchi arilar oilasiga mansub arilar urug’i. Qorin bo’limi uzun qizg’ish poyachadan iborat. Tuproqqa bitta katakchali uya quradi. Turli kapalaklar qurtlarini falajlab uyasiga olib kelib, unga tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurti falajlangan kapalak qurti bilan oziqlanadi. 250 turi keng tarkalgan. O’zbekistonda 15 ga yaqin turi ma’lum.