AMPLITUDA
AMPLITUDA (lotincha amplitudo — kattalik, miqdor) — muayyan qonunga muvofiq tebranayotgan kattalikning nol qiymatidan eng katta ogishi. Masalan, mayatnikning muvozanat holatdan ogishi, o’zgaruvchan elektr tokida tok kuchi va elektr kuchlanishi qiymatlarining og’ishi va hokazo. Boshqacha aytganda, Amplituda tebranish qulochini ifodalaydi. Tebranayotgan kattalik yarim tebranish davrida bir marta eng yuqori qiymatga erishadi. Garmonik tebranishlarda Amplituda o’zgarmaydi: u doimiy bir xil qiymatga ega bo’ladi.