AMUDARYO BO’LIMI
AMUDARYO BO’LIMI – Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi ma’muriy-hududiy birlik (1873-1917). Rus podsho hukumati Xiva xonligini bo’ysundirgach (1873), Amudaryoning so’l qirg’og’ida yashovchi qoraqalpoqlar xonlik tarkibida qoldi, o’ng qirg’og’idagilar esa rus davlatiga tobe qilindi. Bu joyda 1873 yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi, 1874 yil va boshqa tashkil etildi. 1886 yilga kelib, Amudaryo bo’limi Sirdaryo viloyatiga kiritildi. Bo’lim hududida 95 ming qoraqalpoq, 55 ming o’zbek, 40 ming qozoq va 16 ming turkman istiqomat qilgan. Amudaryo bo’limi Sho’roxon va Chimboy degan ikki qismdan iborat bo’lib, Biybozor, To’rtko’l, Tomdi, Shayx Abbos Vali, Mingbuloq, Soriboy, Chimboy, Nukus, Davqaron, Ishim, Naupir, Ko’kko’l, Qo’ng’irot, Toldi va Kegayli (bo’lis)larni o’z ichiga olgan.