AMUDARYO HARBIY FLOTILIYASI
AMUDARYO HARBIY FLOTILIYASI — 1) Zakaspiy harbiy temir yo’l qurilishini Chorjo’y va Samarqand shaharlarigacha olib borish, rus harbiy garnizonlari ta’minoti hamda qurilish materiallari tashish uchun 1888 yilda Amudaryoda tashkil etilgan flotiliya. Bazasi Chorjo’yda bo’lgan. 20 — asr boshlarida flotiliya 9 paroxod, kater (bug’ bilan yuruvchi) va barjalardan iborat edi; 2) fuqarolar urushi davri (1918 — 20) da Amudaryoda tashkil etilgan sho’ro flotiliyasi.
O‘xshash so‘zlar
- AMUDARYO
- AMUDARYO
- AMUDARYO TUMANI
- AMUDARYO BO’LIMI
- AMUDARYO DELTASI
- AMUDARYO XAZINASI
- AMUDARYO QO’RIQXONASI
- Amudaryo daryosi haqida eshitganmisiz?











