ANGIDRON

ANGIDRON, Mg(C104)2 — tuz, magniyning suvsiz perxlorati, g’ovak oq modda. Quruq Angidron suvni yaxshi yutib, kristallogidratga aylanadi. Shu sababli u gazlarni quritishda, vodorodni aniqlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bunday Angidronni vakuumda 200-250° da qizdirish yo’li bilan suvsizlantirib, qayta ishlatish mumkin.