Aliment

Aliment (lotincha-qaramog’idagi boqimidagi) — qonun bo’yicha bir shaxs ikkinchisiga berishi majburiy yoki ixtiyoriy ravishda to’lanadigan mablag’. Aliment bo’yicha asosiy majburiyatlar — nikoh, qarindoshlik, ota-ona, asrab olish kabilar oilaviy munosabatlar hisoblanadi. Aliment olish huquqiga balog’atga yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz balog’at yoshidagi bolalar, ayrim hollarda mehnat qila olmaydigan keksalar haqlidirlar. Bolalarga alimentlarni, birinchi navbatda, ota-onalar (asrab oluvchilar), agar ular bo’lmagan oilaning boshqa a’zolari (buva, buvi, mehnatga qobil balog’at yoshidagi akalar va opalar, ya’ni amalda tarbiya qiluvchilarga) to’lanadi. Aliment borasidagi huquq va majburiyatlar O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998 yil 30 aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib, qoidalar asosida amalga oshiriladi.