Aznaurlar

Ma’nosi

Aznaurlar (gruzincha)-gruzin oqsuyaklar (bu nom V asrdan iste’molda bo’lib kelgan). Podsholar, knyazlar va cherkov oqsuyaklariga bo’lingan. Avloddan-avlodga o’tib kelayotgan va davlat xizmatidagi Aznaurlar o’zaro farqlangan. Xususiy yerlari bo’lgan va majburiy harbiy xizmatni o’taganlar. Rossiya Gruziyani bosib olgach (XIX asr boshlari), Aznaurlar rus dvoryanlari huquqini olganlar.

O‘xshash so‘zlar

A harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar