Alkald

Alkald (ispancha alcalde, arabcha al-qozi so’zidan)-1) Ispaniyada o’rta asrlarda viloyatlarda boshqaruv funksiyalarini bajargan amaldor; 2) zamonaviy Ispaniya va Lotin Amerikasining qator davlatlarida mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari boshlig’i, aholi tomonidan saylanadi. Ma’muriy va ayrim sudlov vazifalarini bajaradi.