Brahmanizm, barahmanlik
Brahmanizm, barahmanlik (sanskritcha)-qadimgi hind dini. Veda dini asosida miloddan avvalgi 1-mingyillikning boshida paydo bo’lgan. Brahmanizmning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda ko’p sharhlar (brahmanlar, arnyaklar, upanishadlar) kiradi. Brahmanizmda veda dinidagi ko’pgina xudolarning ta’siri deyarli yo’qqa chiqib, asosan, 3 xudo: Braxma, Shiva va Vishnu e’tiborli hisoblangan. Brahma olamni yaratuvchi va boshqaruvchi. Vishnu olamlarni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi, Shiva hamma mavjudotni yakson etuvchi xudo deb tushunilgan. Brahmanizmda ilgarigi totemistic tasavvurlarning qoldig’i sifatida hayvon (sigir, maymun)larni, ayrim o’simliklarni va boshqalarni ilohiylashtirish mavjud. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda buddizm vujudga keldi va Brahmanizmga qarshi kurash olib bordi. Buddizmga qarshi kurash, jarayonida va uning bevosia ta’sirida Brahmanizm asta-sekin hinduizmga aylanib ketdi.