Ibodatxona

Ibodatxona-dindorlarning xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkaziladigan bino, inshootlar majmuasi. Ibodtaxonaning qurilish uslubi va me’moriy bezagi diniy mavzular bilan bog’liq: masalan, xristianlik Ibodtaxonalari Chekov, sobor, monastir va boshqa katoliklarda kostyol, kapelle va boshqalar, buddizm Ibodtaxonalari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa va boshqalar, yahudiylarda sinagoga, musulmonlarda masjid kabilar. Ibodtaxonalar qadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qadimgi Misr ehrom (piramida) lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, Xitoy, Yaponiyada stupalar. Qadimgi Rimda haykaltaroshlik va rassomlik asarlari bilan bezatilgan hashamatli Ibodtxonalar qurilgan. Keyinchalik Yevropada bazilika, roman, gotika, barokka, klassitsizm, konstruktivizm uslubida qurilgan gumbazli Ibodatxonalar keng tarqalgan.