Ibtidoiy jamiyat
Ibtidoiy jamiyat-ibtidoiy odamlarning paydo bo’lishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar bo’lgan davr. Ibtidoiy odamlar jamoa bo’lib mehnat qilib, o’z mehnatlari mahsulini teng taqsimlardilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi ilk bor etnograf olim L.G.Morgan tomonidan tilga olingan. U o’zining “Qadimgi jamiyat” (1877) asarida kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar bo’lgan davrini ikki bosqichga bo’lgan: 1-bosqichni “ibtidoiy to’da”, 2-bosqichni esa “ibtidoiy urug’chilik jamoasi” deb atadi. Ibtidoiy to’da bosqichi o’z mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning “hayvonot” olamidan ajralib insoniyat olamiga o’tish davri bilan xarakterlarnadi. Ibtidoiy urug’chilik amalda birinchi ijtimoiy formatsiya edi. U urug’ jamoalari paydo bo’lishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar bo’lgan davr o’z ichiga oladi. L.G.Morgan o’z vaqtida Ibtidoiy jamiyatni 2 bosqichga bo’lgan: birinchisining “ibtidoiy urug’chilik jamosi”, ikkinchisini esa “harbiy demokratiya bosqichi” deb ataydi. Ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, mehnat taqsimotining rivojlanishi shaxsiy xo’jalik yuritishning yuzaga kelishi va jamoa xo’jaligining yemirilishiga, mulkdor qatlamlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Oqibatda davlatlarning yuzaga kelishiga sharoit yetildi.