Metislar

Metislar (fransuzcha metis, kechki lotincha mixticius-aralash so’zidan)-1) antropologiyada turli irq vakillaridan tug’ilganlar; 2) yevropoid irqi vakillari va hindular avlodlari Metislar g’arbiy yarimsharning deyarli barcha mamlakatlarida bor. Meksika, Nikaragua, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Paragvar, Chili, Panama kabi davlatlarda aholining ko’pchilik qismini tashkil etadi.