Minnezingerlar

Minnezingerlar (nemischa Minnesinger-sevgi hofizlari)-nemis ritsar qo’shiqchi-shoirlari; Minnezingerlar san’ati XII asrda provansal trubadurlar ta’sirida yuzaga kelgan. Minnezingerlarning mavzulari: ritsar muhabbati, xudo va syuzerenga xizmat qilish, ritsarlarning harbiy hayoti hamda salib yurishlarini she’rga solish va hokazolar. XIV asrda inqirozga yuz tutgan. Mashhur Minnezingerlar: Kyurenberger, D. fon Aist, M. fon Zefelingen, G. fon Feldene, F. fon Xauzen va hokazolar.