Xo’jakent makoni

Xo’jakent makoni — muste davri g’orlari. Hozirgi Xo’jakent qishlog’i (Toshkent viloyati) yaqinidagi qoyatoshlar orasidan topilgan (1957). Bir-biriga yondosh 2 ta ungurdan iborat. 1-ungurdan 36 metr kvadrat maydon ochilib, uning 1—2-qatlamlaridan ilk o’rta asrlarga oid sopol idishlarning siniqlari va bir necha tosh qurollar, 3-quyi qatlamidan esa, mustye davriga oid sariq xarsangtosh bo’laklari va ko’pgina tosh qurollar topilgan. 10 dan ortiq yirik tosh, shuningdek, mayda nukleuslar uchraydi. Xo’jakent makonidan tosh parrakcha, qirg’ich, o’choq o’rni, uning atrofida qoraygan toshlar va qadimgi hayvonlarning suyak qoldiqlari, 2-un gurdan esa har xil tosh qurollar va hayvon suyaklari topilgan. Xo’jakent makonida yashagan neandertallar ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar.