Oaxaka
Oaxaka — Meksikaning Janub qismidagi shtat, tinch okean sohilida. Maydoni 95,4 ming kilometr kvadrat. Aholisi 3,4 million kishi (2000), asosan, indeyslar. Ma’muriy markazi — Oaxaka shahri. Yirik shaharlari: Istepek, Matias-Romero, Salina-Krus, Treuantepek, Xuchitan. Shtatning katta qismini Janubiy Serra- Madre tog’ sistemasi (balandligi 2500-3400 metr) egallagan, Sharqiy qismi — pasttekislik. Iqlimi tropik, Markaziy rayonlarda mo’tadil nam, chekkalarida seryog’in. O’rtacha oylik temperatura tog’larda 24°dan pasttekisliklarda 24-28°. Tog’lar aralash o’rmonlar, quruq soyliklar savannalar, Janub va Sharqiy qismi doim yashil tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Oaxaka — Meksikaning iqtisodi nisbatan kam rivojlangan shtatlaridan. Aholining katta qismi qishloq xo’jaligida band. Ananas plantasiyalari bor. Sug’oriladigan yerlarda tropik ko’p yillik ekinlar yetishtiriladi. Oltin, kumush, titan konlari topilgan. Oziq-ovqat, tsellyuloza — qog’oz sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan. Tinch okean sohilida Salina- Krus porti joylashgan.