Oleum

Ma’nosi

Oleum (lotincha oleum — moy) — 100% li sulfat kislota H2SO4. 96-98% li H2SO4 ga sulfat angidrid SO3 yuttirish yo’li bilan olinadi. Oleum tarkibida erkin holda bo’ladigan SO3 miqdori Oleumning qo’llanish maqsadiga qarab 18,5— 20% gacha yetadi. Oleumni suvda eritib, har qanday kontsentrasiyali juda toza sulfat kislota olish mumkin. Bo’yagichlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

O‘xshash so‘zlar

O harfi: barcha so‘zlar