Masai

Masai (maasai) — Keniya va Tanzaniyadagi nilotlar guruhiga mansub xalq. 670 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Masai tilida so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlar saqdangan. Ko’chmanchi chorvadorlik, asalarichilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullanadilar. Masailarning ayrim guruhlarigina (kvavi, Arusha) past nazar bilan qaraladigan dehqonchilik bilan band.