Matn, tekst

Matn, tekst — 1) yozilgan yoki bosilgan asar, nutq (shuningdek, ularning biror parchasi); 2) kitob, gazeta, jurnal va shu kabilarda rasm, jadval boshqa bezaklardan tashqari qismi; rasmiy hujjat va shu kabilarning ulardagi turli ko’rsatkich (sharh, izoh)lardan ajralib turgan qismi; 3) musiqa asarlari (opera, romans va boshqalar)ga yozilgan so’zlar.