Megafon
Megafon (Mega … va …fon) — tovushni ma’lum yo’nalishda kuchaytirib tarqatadigan radiokarnay. Ko’pincha, konussimon suyri shaklda alyuminiy qotishmasidan yasaladi, dastasi ham bo’ladi. Radiokarnayning soplosimon kengayib borishi hisobiga tovushni jamlab kuchaytirib beradi. Odamlar ko’p to’planadigan joylar (portlar, stadion, vokzal va boshqalar)da qo’llaniladi.