Anesteziologiya

Anesteziologiya — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni og’riqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funktsiyalarini boshqarish masalalarini o’rganadi. Anestezilogiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha o’n yil ilgari shakllandi. O’zbekistonda Anestezilogiya xizmati bekamu kust yo’lga qo’yilgan; yirik shifoxonalarda maxsus Anestezilogiya bo’limlari bor. Anestezilogiya kafedralarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.