Venetlar tili
Venetlar tili — hind-Yevropa tillari oilasining alohida tarmog’i. Venetlar qabilalarining yozuv yodgorliklari shu tilda bitilgan (jami 250 ga yaqin). Bular bag’ishlov va qabr toshlaridagi yozuvlar bo’lib, shimoliy Etrus alifbosiga monand alifboda (unga yunon harf-belgilari qo’shilgan), shuningdek bir qismi lotin yozuvi asosida bitilgan (miloddan avvalgi 6-1-asrlar).