Joul-lents qonuni

Joul-lents qonuni — o’tkazgichdan elektr toki o’tganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. O’tkazgich bir jinsli bo’lsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf bo’lib, ajralgan issiqlik miqdori Q tok kuchi kvadrati, o’tkazgich qarshiligi R va tokning o’tish vaqtiga to’g’ri mutanosib bo’ladi. U Q^kPRt, bunda k — mutanosiblik koeffisienti bo’lib, u o’lchash birliklarining tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt s da olinsa, koeffisient k-0,239=0,24 bo’lganda Q kaloriyalarda, k—h bo’lganda Q joullarda ifodalanadi. Joul-lents qonunini J. P. Joul 1841 yilda yaratgan, undan mustaqil ravishda E. X. Lents 1842 yilda tajribada tasdiqlagan. Joul-lents qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr cho’g’lanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.