ANOSMIYA

ANOSMIYA (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi va osme — hidlov, hid bilish) — hid bilmaslik; ko’pincha burun bo’shlig’i to’qimalarining o’tkir va surunkali yallig’lanishi, shuningdek hid bilish nervining zararlanishi, Markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va boshqalar sabab bo’ladi. Burun yo’llarining berkilib qolishi sababli hidli moddalarning dimoqqa kirolmasligi natijasida respirator Anosmiya hidlov analizatorining zararlanishi natijasida nevrogen Anosmiya, hidlov hujayralarining atrofiyasi oqibatida qarilikdagi Anosmiya kelib chiqadi. Tuta Anosmiya ham bor. Ta’m bilishda hidlovning ahamiyati katta, shuning uchun Anosmiyada ta’m bilish sezgisi ham juda pasayadi.