Xalil ibn Ahmad
Xalil ibn Ahmad (to’liq nomi Abu Abdurahmon alxalil ibn Ahmad ibn Amr ibn Taymir) (718, Ummon — 792, Basra) — Arab olimi. Albasriy taxallusi bilan mashhur bo’lgan. Xalil ibn Ahmad aruz ilmi asoschilaridan, u Arab grammatikasini tizimlashtirgan. «Alaruz», «Kitob ushshavohid» («shohidlar kitobi»), «annukat vashshakl» («mazmun va shakl»), «annag’am» («ohanglar»), «maoniy al- xuruf» («yordamchi so’zlarning ma’nolari»), «jumlat Olot alArab» («Arab tilidagi notugal gaplar»), «alavomil» («Yuklamalar») va boshqa asarlari mashhur. Bizgacha Arab tilining birinchi eng katta izohli lug’ati — «kitob ulayn» («buloq kitobi») asari yetib kelgan; Bag’dod muzeyida. Ad.: Krachkovskiy I. Yu., Izbrannie Sochineniya, t. 2, M., 1956; Zvegintsev V. A., Istoriya arabskogo yazikoznaniya, Kratkiy ocherk, M., 1958.