Xalilov Nabijon
Xalilov Nabijon (1922.6.1, Qo’qon — 2002.7.7, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. O’zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Hamza teatrida musiqa bo’limi boshlig’i (1952-56), O’zbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957-64), «O’zbekiston» ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (196568), 1968 yildan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida o’nlab spektakllarni sahnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida o’qituvchi (1968 yildan), professor (1989 yildan), kafedra mudiri (1970-91). «Baxt to’yi» (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorliqsa «olifta» (F. Musajonov), «Dilafruzga to’rt oshiq» (T. Minnulin), «Sehrli uzuk» (S. Qoriyev), «Toshkentga sayohat» (B. Darvesh) kabi musikali drama va komediyalar musiqasini, shuningdek, «Jon O’zbekiston» vokalraqs syuitasi, «Nido» yukalsimfonik poemasi, «Toshkent gullari», «Sevgilimbahorim» va boshqa qo’shiqlarni yozgan.