Magnetoqarshilik
Magnetoqarshilik, magnitrezistiv effekt— o’tkazgichning magnit maydon N dagi solishtirma elektr qarshiligi r ning maydon yo’qligidagi solishtirma qarshiligi R0 ga nisbatan o’zgarishi. Ko’ndalang va bo’ylama Magnetoqarshiliklar mavjud. Ko’ndalang Magnetoqarshilikda elektr tok magnit maydonga tik, bo’ylama Magnetoqarshilikda esa unga parallel oqadi. Zaryad tashuvchilar temperaturaektoriyasining magnit maydonda og’ishi Magnetoqarshilikga sabab bo’ladi. Magnetoqarshilik galvanomagnit hodisalar jumlasiga kiradi.