Vanadinit

Vanadinit (vanadiy element» nomidan) — vanadatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Pb5[(VO4)3Cl]. Geksagonal singoniyali. Prizma va piramida shaklidagi kristallar, kollomorf, dogsimon va buyraksimon, tolasimon agregatlar. Rangi qo’ng’ir, sariq-qo’ng’ir, qizil. Yaltiroqligi olmossimon. Qattiqligi 3. Sof og’irligi 6,8— 7,1. Qo’rg’oshin-vanadiy va polimetall konlari nurash zonasida hosil bo’ladi. Vanadinit O’zbekistonda Chatqol tog’larida (Sijjak, Lochinxona), xorijiy mamlakatlarda Avstriya (Obir), Meksika (Tsimopan), Argentina (Venera), Angliya,AQSh (oldyuma) va boshqa joylarda topilgan.