Votkinsk

Votkinsk — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar (1935 yildan) Votka va sharkan daryolari sohilida (Kama havzasi). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 104,7 ming kishi (1999). Votkinsk qadimgi metallsozlik zavodlari yonidagi qishloq o’rnida vujudga kelgan (1759). Votkinsk rus kompozitori P. I. Chaykovskiyning vatani. Votkinskda mashinasozlik, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, P. I. Chaykovskiy uy-muzeyi bor. Votkinskdan 30 kilometr uzoqlikda, Kama daryosida Votkinsk GES qurilgan.