Usul ad-din
Usul ad-din (Arabcha — din asoslari, Islom asoslari) — Islom shariatik va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asosiy hisoblanib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu istiloqni birinchi bo’lib Abul Hasan al-Ash’ariy ishlatgan. U o’z kitobini «AlIbona an usul addiyona» deb nomlagan. Abul Qoxir al-Bag’dodiy al-Ash’ariy (1037 yil vafot etgan) «Usul addin», allolkoiy (1026 yil vafot etgan) «Usul us-Sunna» kitobini yozgan. Aqoid masalalari dinning asli bo’lgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, o’ziga ham katta e’tibor berilgan. Musulmonlar uchun Usul ad-dinni o’rganish katta ahamiyatga ega bo’lgan, uni bilmagan odamning ibodati ham durust bo’lmasligi hammaga uqtirilgan. Hozirgi paytda, «Usul ad-din» istilohi kam qo’llaniladi, uning o’rniga «aqoid» so’zi ishlatiladi.