Urugvay
Urugvay — Janubiy Amerikadagi daryo, yuqori oqimi Braziliya hududida, qolgan qismi Argentinaning Braziliya va Urugvay bilan bo’lgan chegarasidan oqadi. Gelotas va Kanoas daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Atlantika okeanining Laplata qo’ltig’iga quyiladi. Uzunligi 2200 kilometr, havzasining maydoni 307 ming km2. Asosiy irmogi — Rionegro. Yuqori va o’rta oqimida Braziliya yassitog’ligidan oqadi. Seroetona, sharshara ko’p. O’rtacha suv sarfi 550 m3/sek. Yirik gidrouzel qurilgan. Paysandu shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Yirik shaxar va portlari: Konkordiya (Argentina), Salto, paysandu, Fraybentos (Urugvay).