Undov tunlami
Undov tunlami (Agrotis exclamationis) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Tana uzunligi 35-40 mm. Qanoti yozilganida 35-45 mm; oldingi qanoti sarg’ish kulrangdan to’q Jitar ranggacha; qanotlari ustida undov belgisi (!) ga o’xshash qora dog’i bor (nomi ham shundan). Erkagining mo’ylovi kalta taroqsimon, urg’ochisiniki qilsimon. Tuxumi sarg’ishoq, qurti xira rangli, 6 yoshni o’taydi. Qurtlari 6 yoshda tuproqda qishlaydi. Sovuqqa bardoshli. Agrometereologik zonalarga qarab Undov tunlami yiliga 1-2 avlod beradi. U kuzgi tunlamga nisbatan 10-15 kun kechroq rivojlanadi. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Qozog’iston va O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Qurti 75 tur o’simlikni, jumladan, boshoqli don o’simliklari, tamaki, kanop, makkajo’xori, g’o’za, kungaboqar, qand lavlagi va boshqalarni zararlaydi. Zararkunandaligi kuzgi tunlamga o’xshash. Kurash choralari: kuzgi tunlamga qarshi ko’riladigan choralar qo’llaniladi.