Umarov Solih Husanovich

Umarov Solih Husanovich (1921.2.5 — Toshkent — 1995.23.12) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika bilim yurtini (1938), kichik leytenantlar kursini (1941) tugatgan. O’qituvchilik qilgan va 1940 yildan armiya safida. 1-belorussiya fronti, 47 armiyaning 76-o’qchi diviziyasi, 80-artilleriya polki batareya komandiri. Germaniyada Vilgelmshtadt aholi punktidagi (1945 yil 2-3.5) ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1945 yil 31.5). Kapitan Umarov Minsk shahrining faxriy fuqarosi. Urushdan so’ng sanoat va xo’jalikning turli sohalarida ishlagan. Toshkent shahridagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi.