Ugarit tili
Ugarit tili — o’lik som tillaridan biri. Miloddan avvalgi 23—13-asrlarda O’rta dengizning shimoliy Sharqiy sohilida joylashgan Ugarit davlatida, ehtimol, Shimoliy Suriyada va undan kengroq hududda tarqalgan. Fonetika va morfologiya sohalarida boshqa som tillari bilan o’xshash va farqli tomonlari bor. Masalan, o o’rnida a ishlatish (alashish), qadimgi undoshlar tarkibining saqlanganligi, ot va fe’llarda flektiv o’zgarishlarning mavjudligi, artiklning yo’qligi va boshqalar. Leksikasida o’ziga hududiy yaqin Akkad, Shumer va xurrit tillaridan ko’plab o’zlashmalar bo’lgan. Ugarit tili yodgorliklari (she’riy hikoyalar, ibodat matnlari, rasmiy hujjatlar, maktublar) miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmigacha shakllangan Ugarit yozuvida bitilgan.