Uchquloch qo’rg’oshin rux koni
Uchquloch qo’rg’oshin rux koni — Jizzax viloyatining Forish tumanida, Nurota tog’larining shimoliy tog’oldi qismida joylashgan. Janubdan Xonbandi va shimoldan shim. Uchquloch yoriqlari bilan chegaralangan. Kon geologiyasi 1951 yilda kompleks o’rganilgan. Konning 2 ta uchastkasida mufassal qidiruv ishlari olib borilgan, bu uchastkalar baritpiritgalenitsfalerit rudali maydonlardan iboratligi ma’lum bo’ldi. Uchquloch qo’rg’oshin rux koni maydonida, asosan, devon, karbon (toshko’mir) davrlariga oid jinslar tarqalgan. Magmatik tog’jinslaridan diabaz, gabbro, albitofir, kvarsli porfir va tuflar uchraydi. Uchquloch qo’rg’oshin rux konida ruda jismlari 50— 100 metrdan 1100-1300 metrgacha bo’lgan chuqurlikda joylashgan. Kondagi asosiy foydali qazilmalar — qo’rg’oshin, rux, mis. Uchquloch ruda maydoni Xonbanditog’gorst — antiklinalida joylashgan. Uchquloch qo’rg’oshin rux koni sanoatbop kon, asosiy minerallari: galenit PbS (86,7% Pb), sfalerit ZnS (67% Zn), ikkinchi darajali minerallari xalkopirit, pirrotin, karrolit, kumush, oltin va boshqalar. Uchquloch qo’rg’oshin rux konining zaxiralari S, toifasi bo’yicha: qo’rg’oshin — 2862,1 ming t, rux — 3140,8 ming t; S2 toifasi bo’yicha: qo’rg’oshin — 431,6 ming t va rux 214,07 ming tonna.