Urug’
Urug’ — bir ajdoddan tarqalib, umumiy bir nom bilan ataluvchi qon-qarindoshlik jamoasi. Qarindoshlik hisobi ona (ona Urug’) yoki ota (ota Urug’) bo’yicha olib borilgan. Urug’ yuqori va quyi Paleolit davrlari oralig’ida paydo bo’lgan. Urug’lar qabilalarga birlashgan. Jamiyatda tabaqalanishning paydo bo’lishi bilan bo’linib ketgan. Urug’ — qabilalarga bo’linish qoldiqlari ko’p xalqlarda saqlanib qolgan. O’rta Osiyo xalklari ko’pgina qabila va Urug’larga bo’lingan. Masalan, o’zbeklar 92 dan ortiq, turkmanlar 100 dan ortiq, qozoqlar 300 dan ortiq qabilalar va Urug’larga, ular esa yana bir necha Urug’chalarga bo’lingan. Urug’lar ko’pincha yashagan geografik joylari va ishlab chiqarish turlarining nomlanishi bilan atalgan. Turkiy xalqlar tarkibiga barlos, Qiyot, Qushchi, Qung’irot, Uyshun, Nayman, Chimboy, qarluq, kenagas, Do’rmon, Mang’it, nukuz, uyg’ur, Xitoy, toymas, qipchoq, tuman, ming va boshqa Urug’lar kirgan.