Utilitarizm
Utilitarizm (lotincha utilitas — foyda, manfaat) — 1) barcha hodisalarini ularning faqat fonda keltirishi, muayyan maqsadga erishish uchun vosita bo’lib xizmat qilish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash printsipi; 2) etikada — pozitivistik yo’nalish. I. Ventam asos solgan. Foydani axloqning asosi va insoniy xatti-harakatlarning mezoni deb hisoblagan. 19-asrda Buyuk Britaniyada tarqalgan. Uning asosiy printsipi shaxsiy manfaatlarni qondirish vositasi bilan «eng ko’p odamlarni iloji boricha ko’proq baxtli qilish»dan iborat. Utilitarizm davlat va huquq funktsiyalarini tushunishga asos qilib qo’yiladi. «Fonda printsipi»ni bilish nazariyasiga ko’chirish pragmatizmning paydo bo’lishiga yordamlashdi. Hozirgi zamon G’arb etikasida Utilitarizm o’rniga «axloqiy mulohazalarni tahlil qilish» (emotivizm, etikada mantiqiy pozitivizm) qo’yilmoqda.