Usmon I, Usmon G’oziy, Usmonbey

Usmon I, Usmon G’oziy, Usmonbey (1258, Syogut; Eskishahar yaqinida — 1324, Bursa) — turk sultoni (1299— 1324), Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk davlatining asoschisi. Harbiy sarkarda va urug’boshlig’i oilasida tug’ilgan. Otasidan harbiy ishni puxta o’rgangan. 1281 yilda otasi Erto’g’ruldan saljuqiylarnmng Ko’niya sultonligita qarashli shimoliy g’arbiy chegara hududidagi mulkga ega bo’ldi. Bu paytda Ko’niya sultonligi tanazzulga uchrab, bir necha bekliklarga bo’lingan edi. 1289 yil Usmon I ning Bey (bek) (Arabcha: Amir) unvoni Ko’niya sultoni tomonidan e’tirof etilib, unga hokimiyat ramzi — nog’ora va bunchuk berilgan. 1291 yilda u. I Melangiyani zabt etgan va poytaxt (qarorgoh)ni bu yerga ko’chirgan. 1299 yildan Usmon I mustaqil beklik (Beylik) hukmdori. Aynan ushbu yildan yangi mustaqil turkiy davlat tashkil topganligi tarixchilar tomonidan e’tirof qilinadi. Keyinchalik bu beylik o’z asoschisining nomi bilan Usmon beyligi (bekligi), Usmonlilar davlati deb atalgan. Usmonli turk imperiyasi xam shu nomdan olingan. Usmon I yunonlardan yor Hisor qal’asini ham tortib olgan (1299). Usmon I g’arbda — Vizantiya imperiyasi yerlarini zabt etish evaziga o’z davlati hududini tobora kengaytirib borgan. Bursani qamal qilib, uning atroflarini egallagan. Usmon I va uning vorisi (o’gli) — Urxon turkey qabilalar boshliqlarining qurultoyida Beklarbegi (Bey) — hukmdorlik unvoniga sazovor bo’lgan. Usmon I davrida o’g’uz turklarining qay urug’i, keyinchalik Usmonli turk sultonligidagi xalklar Usmonlilar deb atalgan. Usmon I Bursa shahrida dafn etilgan. Undan 2 o’g’il: Alouddin va Urxon qolgan. Ad.: Erop Gungo’r, tarixda turkey davlatlar, T., 2003; Novichev A. D., Tur- tsiya, Kratkaya istoriya, M., 1965.