Udalov Aleksandr Andreyevich
Udalov Aleksandr Andreyevich [1914.21.9, Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri)] — Rus yozuvchisi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920 yildan Toshkentda yashagan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1943— 46). «Literaturniy Uzbekistan» (1937 — 40), «Zvezda Vostoka» (1960-65; 1967-69; 1971-85) jurnallarida hamda «Komsomoles Uzbekistana» (1941-43) gazetada bosh muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953-56), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi o’rinbosari (1956-75). «Vatan urushi yillarida bolalar» turkum hikoyalari (1941) va «Marina» qissasini (1940) yozgan. Qissa va hikoyalar to’plamida («O’rmonlarda», 1943-49; «Jonim bilan», 1947-48; «zamondoshlarim», 1950; «yoz kunlarining birida», 1957; «Qizlar», 1961; «ko’k tog’larda», 1981 va boshqalar) urush fojialari tasvirlangan. «Sabr kosasi» dilogiyasi («sabr kosasi», 1-kitob, 1964; «muhabbat mangu», 2-kitob, 1973) Turkiston tarixi va xalqlar do’stligi haqida. «Vatan o’g’loni» (1982), «Turmushimiz kunlari» romanlari (1989) muallifi. P. Muxamadyorova va Hakim Nazirning qissa va hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1983). As: birinchi qor [qissa]. T., 1958; Sabr kosasi [roman], T., 1965; Izbr. Proizvedeniya, t. 1-2, T., 1989; Otkrivateli mira [povesti, rasskazi], T., 1990.